Istanbul aeroportidagi terakt vaqtida Albaniya bosh vaziri samolyoti aeroportga qo‘nayotgan bo‘lgan

Jahon 09:26 / 29.06.2016 16309

Albaniya bosh vaziri Edi Rama samolyoti Istanbuldagi Otaturk aeroportiga u yerda terakt sodir bo‘lgan vaqtda qo‘nayotgan bo‘lgan, deb xabar bermoqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda Telegraph gazetasi.

Ma'lum qilinishicha, Albaniya bosh vaziri Turkiyaga rasmiy safar bilan kelayotgan bo‘lgan. Rama aeroportga kelishi bilan u va unga hamrohlik qilayotganlar rasmiy qarorgohga yetkazilganlar, ulardan hech kim jabrlanmagan. 29 iyunda Ramaning Turkiya poytaxti Anqaraga safari rejalashtirilgan. 

29 iyun Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da aeroportning kirish, chiqish va xalqaro terminalida uchta portlash sodir bo‘ldi. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, terakt oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 147 kishi jarohat olgan.

 

Foto:© REUTERS/ Osman Orsal

Ko‘proq yangiliklar: