AQSh, Yaponiya va Janubiy Koreya KXDR raketalarini tutish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Jahon 12:06 / 29.06.2016 11311

Yaponiya, AQSh va Janubiy Koreya KXDR ballistik raketalarini urib tushirish bo‘yicha ilk o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. So‘nggi vaqtlarda, Shimoliy Koreya yadroviy va raketa sinovlarini o‘tkazayotgani, bunga sabab qilib ko‘rsatilmoqda, deb xabar qilgan Yonxap agentligi. 

Mashg‘ulotlar AQShning Havayi orollarida "Tinch okeani ajdahosi" nomi ostida bo‘lib o‘tgan. Unda raketa parvozlarini ilk damlardayoq aniqlash imkonini beradigan "Ijis" (Aegis) tizimiga ega bo‘lgan harbiy kemalar qatnashgan. Agentlikning qayd etishicha, Janubiy Koreya mashg‘ulotlarga bortida ballistik raketalar bo‘lgan "Sejong" (Sejong) kemasini yuborgan. AQSh tomonidan John Paul Jones va Shoup harbiy kemalari qatnashgan bo‘lsa, Yaponiya — Chyokay (Chokai) kemasini safarbar etgan. Ular, ehtimoliy ballistik raketalar parvozini kuzatib, o‘zaro ma'lumotlar almashgan. 

Albatta, raketa tutuvchilar amalda uchirilmagan, ammo mashg‘ulotning o‘tkazilishi ham KXDRning keskin bayonotiga sabab bo‘lgan. Unga ko‘ra, rasmiy Pxenyan ushbu mashg‘ulotlarni "fitna" hamda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi "tinchlik va xavfsizlikni buzishga urinish" deya baholagan. 
 

 

Foto:Google image

Ko‘proq yangiliklar: