OAV: KXDR Yokosuka portidagi AQSh obektlariga raketa yo‘llay olish imkoniyatiga ega

Jahon 12:49 / 28.06.2016 13990

Shimoliy Koreya Yaponiyaning Yokosuka portidagi AQSh harbiy obektlariga raketa zarbasi yo‘llay olish imkoniyatiga ega. Bu haqda Janubiy Koreyaning "Chunan ilbo" gazetasi harbiy manbaga asoslanib, yozmoqda.

Gazeta ma'lumotlariga ko‘ra, Yokasukada AQShning yettinchi flot kemalari bazasi joylashgan. Ular Koreya yarimorolida yuzaga kelishi ehtimoli bo‘lgan favqulodda vaziyatlar uchun olib kelingan.
"Shimoliy Koreya 80-yillar boshida Misr orqali sovetlarning Scud-B’ga o‘xshash raketasini sotib olishdi, so‘ngra uni taraqqiy ettirib, Scud-S va Scud-ER singari raketalarga aylantirishdi.  Ta'kidlanishicha, Scud-ER’ga o‘xshash raketalar 700 km masofada joylashgan nishonni yo‘q qilishi, 1000 km masofaga qadar uchib borishi mumkin", — deb manba so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.
Ma'lum qilinishicha, agar KXDR Scud-ER raketasini ishga tushirsa, u Yokasuka portini vayron eta oladi.

 

foto:Google image

Ko‘proq yangiliklar: