O‘zbekistonda lokalizatsiya dasturi doirasida 2600dan ortiq loyiha amalga oshirilgan

O‘zbekiston 16:42 / 27.06.2016 13218

O‘zbekiston sanoatini rivojlantirishda, sanoat mahsulotlarini mahalliylashtirish muhim o‘rin tutadi. Shunga ko‘ra, 2000 yili hukumat tomonidan qabul qilingan lokalizatsiya dasturi doirasida, jami qiymati 5,5 mlrd dollardan oshib ketuvchi 2600dan ortiq loyiha amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda "Narodnoye slovo" gazetasi. 

Unda qayd etilishicha, so‘nggi 10 yillikda O‘zbekiston YaIM yiliga 8 foizdan ortiqroq o‘sgan. Mustaqillik yillarida respublika iqtisodiyoti 6 baravarga oshgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaIM 6,9 ming dollarga yetib, mamlakat o‘rta daromadli davlatlar ro‘yxatidan joy olishga erishgan. 

Lokalizatsiya korxonalarida 5 mingdan ortiq sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan, ularda 7 mlrd dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqariladi. Xususan, oxirgi 2 yilda 97ta guruhdagi mahsulotlar importiga barham berilgan. 306 turdagi mollarni olib kirish 2 martaga qisqargan. 

Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va divertsifikatsiya qilish bo‘yicha 2015-2019 yillarga mo‘ljallangan maxus Dasturga ko‘ra, umumiy qiymati 40 mlrd dollardan ortiq jami 846ta yangi sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: