Numizmatika “ishqiboz”lari bojxonada qo‘lga tushdi

Jamiyat 14:18 / 27.06.2016 9145

Respublikamiz hududidan noyob va madaniy boyliklarning olib o‘tilishi tartibi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 23 martdagi “O‘zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan bo‘lib, unga muvofiq xorijiy fuqarolar va boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga vaqtincha olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida (xususan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida) ko‘rsatilishi kerak.

Tojikistondan O‘zbekiston respublikasi kirib kelar ekan xorijiy fuqarolardan birining mazkur tartiblarga rioya qilmasligi qimmatga tushdi.

“Sariosiyo” chegara bojxona kompleksi orqali avtotransport vositasida kirib kelgan ushbu shaxs yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirar ekan, yonidagi barcha buyumlarni deklaratsiyada qayd etgani ma'lum qiladi. Shuningdek, bojxonachilarning og‘zaki so‘rovi paytida ham yonida ortiqcha buyumlari yo‘qligini qayta-qayta ta'kidlaydi.

Shundan so‘ng unga tegishli avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda va xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, mashina saloniga 20 dona qadimiy tangalar yashirilganligi ma'lum bo‘ldi.

Yashirin tarzda olib o‘tishga urinish chog‘ida fosh qilingan ushbu tangalar Suxondaryo viloyati badiiy ekspertiza mutaxassislarining xulosasiga ko‘ra milloddan avalgi IV-III, milodiy I-III hamda XIII-XIV asrlarga oid bo‘lib, ularning hozirgi qiymati 12,2 mln. so‘mga baholangan.

Davlat egaligiga o‘tkazilgan mazkur tangalar Surxondaryo viloyati arxeologiya muzeyi fondidan joy oldi.

Ko‘proq yangiliklar: