Chevrolet: bir soatga qolmay yangi mashinali bo‘lishingiz mumkin

O‘zbekiston 15:42 / 27.06.2016 185609

Toshkentdagi avtosalonlar Chevroletning ko‘plab rusumlarini erkin savdoda taklif etmoqda. 

GM Uzbekistan kompaniyasining dilerlik tarmog‘i Chevrolet savdo markasining ayrim rusumlarini xarid shartnomasini imzolab, pulini to‘lagach, shu zahoti yoki sanoqli kunlarda olib chiqib ketish imkoniyatini taqdim etmoqda, deb xabar qilmoqda Gazeta.uz sayti. 

Unga ko‘ra, O‘zbekistondagi jami 74ta avtomobil do‘konida Cobalt, Matiz va Lacetti kabi mashinalarning bir necha to‘plamidan xohlaganingizni sotib olishingiz mumkin. Transport vositalarini, naqd va pul o‘tkazish yo‘li bilan, xalqaro plastik karta (MPK) yordamida Markaziy bankning to‘lov kunidagi kursi bo‘yicha dollarda to‘lab, olib chiqishingiz mumkin bo‘ladi. 

Foto: fb.com/AO.Sergeliavtotexservis

Xususan, "O‘zavtotexxizmat"ga qarashli "Rohat" avtosaloni menejyeri Murodjon Usmonovga ko‘ra, Matiz yoki Lacetti mashinalarini pulini to‘lagan kunidayoq olib chiqish imkoniyati mavjud. Mashinani ro‘yxatdan o‘tkazish va yangi egasi nomiga rasmiylashtirish 45 daqiqani oladi. 

Toshkentning Sirg‘ali tumani 4 mavzesidagi avtosalonda ham bir nechta modellar xaridorlarini kutmoqda. 

"Savdo maydonimizga qo‘yilgan mashinalarni to‘lovni amalga oshirgan kuni olib ketish mumkin", — degan Sergeli-Avtotexservis saloni menejyeri Izzatulla Muratov. Bundan tashqari, Sergeli-Avtotexservis mijozlarga tezkor xizmat ko‘rsatish maqsadida Facebook ijtimoiy tarmog‘ida o‘z sahifasi faoliyatini ham yo‘lga qo‘ygan.

Ko‘proq yangiliklar: