Oqgul Omonmurodova Shvetsiyada o‘tayotgan ITF musobaqasini muvaffaqiyatli boshladi

Sport 14:02 / 22.06.2016 4569

Shvetsiyadagi mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollari bo‘lgan "Ystad - 2016" xalqaro turnirining asosiy to‘ridan joy olgan o‘zbekistonlik tennischi dastlabki g‘alabasiga erishdi.

Birinchi davrada norvegiyalik Andrea Raxoltga qarshi kortga chiqqan Oqgul bir yarim soatga qolmay raqibasini 6:3, 6:4 hisobida taslim qildi.
Oqgul navbatdagi bahsda chorak finalga chiqish uchun serbiyalik Deyana Radanovich bilan bahslashadi.

Ko‘proq yangiliklar: