Leonardo Di Kaprio Rumiyni, Robert Dauni uning ustozi rolini ijro etadi

Jamiyat 11:26 / 14.06.2016 14670

«Gladiator» filmi ssenariy muallifi Devid Frantsoni ayni damda shoir va so‘fiy Jaloliddin Rumiyning shaxsiy hayoti va ijod yo‘llari haqida hikoya qiluvchi film ssenariysini yozishga kirishgan. 

Film ssenariy muallifi va prodyuser istagiga ko‘ra Rumiy obrazini mashhur aktyor Leonardo di Kaprio, uning ustozini esa Robert Dauni ijro etishi ko‘zda tutilgan.

“Shoir va so‘fiy Rumiy haqida film suratga olishimizning sabablari ko‘p. Ulardan biri Rumiyning AQShda juda mashhurligidir. Shu bois biz bu shaxsning ijod va hayot yo‘llarini hikoya qilib berishimiz lozim”- deydi Devid Frantsoni.

Devid Frantsoni yaqinda Rumiy hayoti va ijodiga tegishli qiziq manbalarni to‘plash maqsadida Istanbul shahrida bo‘lib, ma'lum mutaxassislar bilan uchrashdi.

Stsenaristning aytishiga qaraganda, Rumiyning hayot yo‘llari Shekspirni eslatib, serqirra ijodi dunyo bo‘ylab muhim ahamiyat kasb etadi. 

Hozircha ayrim tanqidchilar Leonardo di Kaprio Afg‘onistonda tug‘ilgan shoirga, amerikalik aktyor Robert Dauni esa uning ustozi roliga munosib emas, degan fikrda. 

Devid Frantsoni ssenariyni 2017 ylda yozib tugatishni rejalashtirgan.

Ko‘proq yangiliklar: