Britaniya elchisi Qozog‘istonda avtobus kutayotgan otlarni suratga oldi

Jamiyat 09:18 / 13.06.2016 21613

Buyuk Britaniyaning Qozog‘istondagi elchisi Kerolin Braun yaqinda Jyezqazg‘an viloyatiga safar qildi. Kazinform axborot agentligi tarqatgan xabarga ko‘ra, elchi bekatda avtobus «kutayotgan» otlarni suratga olib, elchixonaning akkauntiga joylashtirgan. Kerolin Braunning videoblogi bo‘lib, u muntazam qozoq tilida murojaat qilib turadi va bayramlar bilan tabriklaydi. Eslatib o‘tamiz, avvalgi elchi Devid Moran boshqa ishga o‘tganidan keyin doktor Kerolin Braun 2013 yilning 10 yanvaridan boshlab Qirolicha zoti oliyalaring Qozog‘istondagi elchisi lavozimida faoliyat  yuritib keladi. 

Ko‘proq yangiliklar: