Buyuk Britaniyaning Bentley avtomobil ishlab chiqaruvchisi yangi Continental GT Speed avtomobillar qatorini taqdim etdi. Taqdimot Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tdi. Bu haqida kompaniyaning matbuot relizida ma'lum qilingan.
Ushbu avtomobillar qatoriga to‘rtta yangilangan versiyalar kiritildi: GT Speed, GT Speed Convertible, GT Speed Black Edition va GT Speed Convertible Black Edition. Bu seriya avtomobillari soatiga 331 kilometrgacha tezlikda harakatlana oladi. Yangi GT Speed 6 litr hajmga ega W12 dvigateli bilan boyitilgan bo‘lib, uning kuchi 642 ot kuchiga teng. "Yuzga" bosish uchun mashinaga atigi 4 soniya kerak bo‘ladi.
GT Speed Black Edition spetsifikatsiyasi kupe uchun ham, kabriolet uchun ham to‘g‘ri keladi. Modellarga Bentley'ning Rossiyadagi dilerlik markazlaridan buyurtma berish mumkin.
Bentley mashinasi bor kishilarga firma maxsus Service Clinic xizmatini ko‘rsatadi. Bu dastur o‘ziga ko‘plab parametrlarni mujassam qilgan: vizual tekshiruvdan tortib barcha tizimlarning elektron diagnostikasigacha. Tekshiruv kompaniyaning Kryu (Buyuk Britaniya)dagi zavodining yuqori toifali muhandisi tomonidan amalga oshiriladi.