"Musaffo" brendi Spark avtomobili yutib olish imkoniyatini beruvchi aksiyasini o‘tkazmoqda

Jamiyat 11:27 / 16.05.2016 11022

Kecha, 15 may kuni “Gerfed Impeks” tomonidan tashkil etilgan va o‘zining yoqimli sovg‘alari bilan allaqachon ko‘pchilikni xursand qilgan “Musaffo sotib ol va Chevrolet Spark yutib olish imkoniyatini qo‘lga kirit” aksiyasining navbatdagi omadli g‘oliblari aniqlandi. 

Aktsiyada quyidagi qimmatli sovg‘alar o‘z egalarini topdi:
Elekt choynak – 24ta
Blender – 10ta
Toster – 10ta
Mikroto‘lqinli pech – 4ta.

Aktsiya g‘oliblari tasodifiy tanlanish yo‘li orqali kompyuter yordamida belgilandi. Aktsiyaning xolis o‘tkazilayotganini kuzatish uchun Musaffo’ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasi vakillaridan tuzilgan hay'at a'zolari, Potrebitel.uz guruhi moderatorlari hamda OAV jurnalistlari taklif etildi.

To‘liq ravishda ishonch hosil qilish maqsadida hay'at a'zolari g‘olib deb topilgan raqamlardan istalganiga qo‘ng‘iroq qilib, tekshirish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi. Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi g‘oliblar sovg‘alarini kompaniya ofisiga kelib shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan birga olib ketishlari mumkin. Viloyatlarda yoki Qoraqalpog‘istonda yashaydigan omadlilarga esa sovg‘alar qulaylik yaratish maqsadida shahar markazlariga yuboriladi.

Agar siz ham ushbu aksiyada ishtirok etgan bo‘lsangiz, http://promo.musaffo.uz/results manzili orqali raqamingizni tekshirib ko‘rishingiz mumkin. 

Bordiyu, bu safar sizga omad kulib boqmagan bo‘lsa, xavotirga hojat yo‘q. Axir sizda xuddi shunday sovg‘alar yutib olish imkoni hali bor. Qolaversa, aynan siz Chevrolet Spark avtomobili egasiga aylanishingiz mumkin!

Buning uchun 1 litli aksiya stikeri yopishtirilgan “Musaffo” tabiiy sigir suti qadog‘ini sotib olish hamda promo-kodni sayt orqali qayd etish yoki 1965 qisqa raqamiga promo-kodni kiritish lozim. o‘yin bo‘lib o‘tgunga qadar qadoqning o‘zi yoki undagi stikerni saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. 

Aktsiya 2016 yil 15 martda boshlangan va 14 iyunga qadar davom etadi.

Batafsil ma'lumotlar bilan PROMO.MUSAFFO.UZ orqali tanishish mumkin.

Reklama huquqi asosida.

Ko‘proq yangiliklar: