Farg‘onada yoshlar festivaliga start berildi

O‘zbekiston 10:39 / 16.05.2016 16755

“Osiyo gavhari” deya e'tirof etiladigan Farg‘ona viloyatida “Biz – buyuk yurt farzandlarimiz!” shiori ostidagi yoshlar festivaliga start berildi. Oldinda farg‘onalik yoshlarni eksklyuziv uchrashuvlar, samarali va mazmunli loyihalar, viktorina va shou-dasturlar kutmoqda.

Ilk kunning o‘zidayoq targ‘ibot guruhi vakillari Farg‘ona shahrida joylashgan “Muruvvat uyi” hamda imkoniyati cheklanganlar uchun maxsus kollejda “Hech kim mehr va e'tibordan chetda qolmasin!” loyihasi doirasida uchrashuv o‘tkazishdi. Kunning ikkinchi yarmida Al-Farg‘oniy istirohat bog‘ida “Jaholatga qarshi ma'rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman?” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash davomidagi “Mustaqillik farzandlarimiz!” shiori ostidagi konsert dasturi yoshlarga chinakamiga xushkayfiyat baxsh etdi. So‘ngra, Markaziy Osiyoda yagona hisoblanmish “Yoshlar simfonik orkestri”ning “Bahor nafasi” nomli konserti orqali Farg‘ona ahli chin san'at namunalaridan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldilar.

Ijodiy ishlar g‘oliblari taqdirlandi

Al-Farg‘oniy istirohat bog‘ida “Jaholatga qarshi ma'rifat”, “Men diniy ekstremizm va terrorizm tahdidini qanday tushunaman” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov g‘oliblarini taqdirlash davomidagi “Mustaqillik farzandlarimiz!” shiori ostidagi konsert-dasturi yoshlarga chinakamiga xushkayfiyat baxsh etdi.

Yoshlar simfonik orkestridan musiqa kechasi

Markaziy Osiyoda yagona hisoblanmish “Yoshlar simfonik orkestri”ning “Bahor nafasi” nomli konsert-dasturi orqali Farg‘ona ahli chin san'at namunalaridan bahramand bo‘lishga muyassar bo‘ldilar. Otabek Muhammadzohid talqinidagi “Fasli navbahor” taronasi bilan boshlangan dastur san'ati orqali jahonga mashhur bo‘lgan Shirin Mamatova, Barno Ismatullayeva va boshqa opera xonandalarining jonli ijrolari bilan davom etdi. O‘zbek milliy kuy va qo‘shiqlari, jahon opera san'atining sara namunalaridan tashkil topgan dastur 5 000 kishini qamrab olgan Viloyat teatr-konsert saroyini haqiqiy musiqa kechasiga aylantirdi.

 

Ko‘proq yangiliklar: