Suares Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi

Sport 00:55 / 15.05.2016 12683

"Barselona" hujumchisi Luis Suares chempionatning so‘nggi turida mehmonda "Granada"ning darvozasiga uchta gol kiritdi. Uchrashuv 0:3 hisobida yakunlandi.

Urugvaylik futbolchi xet-trigi evaziga chempionatda urgan gollari sonini 40 taga yetkazib qo‘ydi va chempionatning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Bundan tashqari, Suares primerada 40 ta gol urgan uchinchi futbolchi bo‘ldi. Ungacha buning uddasidan Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu chiqqan.

Ko‘proq yangiliklar: