Toshkentda IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi boshlandi

Fan-texnika 13:58 / 12.05.2016 31163

Toshkentdagi «O‘zekspomarkaz»da IX Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi boshlandi. Joriy yilgi yarmarkada taqdim etilgan qariyb 650 ta yangi loyihaning 70 dan ortig‘i yosh olimlar va talabalarga tegishlidir. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Yarmarkada Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Koreya Respublikasi Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish ma'muriyatining O‘zbekistondagi KOPIA markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining “Fizika-Quyosh” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Materialshunoslik instituti, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi korxonalari, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Farg‘ona politexnika instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va boshqa oliy o‘quv muassasalari o‘nlab yangi ishlanmalarni taqdim etgan.

Bu Innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasida namoyish etilayotgan yangiliklarning 130 tasi sanoat, 116 tasi qishloq xo‘jaligi sohasidagi dolzarb vazifalarni hal etishga qaratilgan. 130 dan ziyod ishlanma va ilg‘or texnologiyalar sog‘liqni saqlash va farmatsevtika uchun mo‘ljallangan, 89 tasi axborot texnologiyalari, yana 34 tasi ilm-fan va ta'lim sohasidagi yangi dasturiy mahsulotlardir.

Ko‘proq yangiliklar: