AQSh Yamanga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi

Jahon 22:19 / 12.05.2016 7215

AQSh prezidenti Barak Obama kongressni Yamanga qarshi sanksiyalarni uzaytirish qaroridan xabardor qildi. Bu sanksiyalar 2012 yilda kiritilgandi. Bu haqda 12 may kuni Oq uy ma'lum qildi

"Yaman hukumatining ba'zi a'zolari va boshqalarning harakati va siyosati Yamandagi tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka tahdid qilmoqda hamda Yaman hukumati va muxolifat o‘rtasidagi hukumatning tinchlik bilan topshirilishini ko‘zda tutgan 2011 yil 23 noyabrdagi kelishuvning amalga oshirilishiga xalaqit beradi", deb Obamaning so‘zlari keltirildi xabarda.  

Sanktsiyalar amal qilishi 16 may kuni tugashi kerak edi.

Yamanda "Ansor Alloh" shialar harakati isyonchi-xusiychilari va armiyaning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Salohga ro‘yxushlik qiluvchi qismi hamda prezident Abd Rabbo Mansur Xodiy qo‘shinlari o‘rtasida qurolli ixtilof davom etmoqda. Xodiy qo‘shinlarini yerda va havodan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi kuchlari qo‘llab-quvvatlamoqda.

Ko‘proq yangiliklar: