Sankt-Peterburgda simob to‘kilishi sababli maktabdan 700 kishi evakuatsiya qilindi

Jamiyat 21:33 / 10.05.2016 20399

Sankt-Peterburgdagi maktablardan birida simob to‘kilishi sababli 700 kishi evakuatsiya qilindi. Bu haqda "Fontanka.ru" nashri xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, o‘quvchilardan biri maktabga simobda ishlaydigan texnik o‘lchov asbobini olib kelgan. Asbob bolalar o‘yin qilganda sinib ketgan.

Voqea joyiga maxsus xizmat mutaxassislari kelib, demerkurizatsiya (simob va uning birikmalarini maxsus usullar bilan yo‘qotish) o‘tkazib, so‘ngra barcha xonalarni shamollatib yuborishgan.

Ko‘proq yangiliklar: