Yeva Mendes va Rayan Gosling oilasida ikkinchi farzand dunyoga keldi

Jamiyat 18:25 / 10.05.2016 15722

Hollivud aktyorlari Yeva Mendes va Rayan Gosling oilasida ikkinchi qiz dunyoga keldi. Bu haqda People xabar qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, qizaloq 29 aprel kuni Santa-Monikada (Kaliforniya, AQSh) tug‘ilgan. Uni Amada Li Gosling deb atashdi. 

Aktyorlarning birinchi qizining ismi Esmeralda Amada. 2014 yilda Mendes Amada – buvisining ismi ekanini aytgandi. 

Aktyorlarning vakillari voqeaga izoh berishmadi. 

Mendes va Gosling 2011 yildan buyon uchrashishni boshlagandi. Ular “Qarag‘ay ostidagi joy” filmini suratga olish vaqtida tanishib qolishgan.

Ko‘proq yangiliklar: