Eron ballistik raketalar sinovi o‘tkazgani haqidagi xabarni rad etdi

Jahon 00:13 / 10.05.2016 4131

Eron mudofaa vaziri Husayn Dehqon eronlik harbiylar tomonidan ballistik raketalar sinovi o‘tkazilgani haqidagi xabarni rad etdi, deb xabar bermoqda Fars agentligi.

"Oxirgi vaqt biz 2 ming km lik masofaga ega hech qanday raketa uchirmaganmiz", deb aytdi vazir.

Biroq shu bilan birga vazir Eronning raketa dasturi rivojlanishda davom etayotganini ta'kidlab o‘tdi.

Avvalroq Eronda ballistik raketa sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazilgani ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: