Jazoirda quriladigan ulkan masjidning loyihasi suratlari paydo bo‘ldi

Jahon 21:08 / 09.05.2016 22023

Jazoirda kattaligi jihatidan dunyoda uchinchi o‘rinni egallashi kutilayotgan masjid bunyod etilmoqda.

«Jamaa al-Jazair» masjidi bir vaqtning o‘zida 120 ming nafargacha musulmonni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi va minoralar uzunligi 265 metrga yetadi.

Shuningdek, majmuadan 300 nafar talaba tahsil olishiga mo‘ljallangan o‘quv markazi va bir necha millionlik kitob fondiga ega kutubxona ham o‘rin egallaydi. Unda Qur'onni o‘qitish maktabi, islom san'ati va tarixi muzeyi ham joylashadi.

Qurilish ishlari 2017 yilda tugallanishi rejalashtirilmoqda. 

Masjidning qad ko‘tarishi uchun 1,4 milliard dollar miqdorida pul sarflanadi. Biroq ekspertlar loyihaning muvaffaqiyatiga shubha bildirishdi. Ularda Jazoir shahri seysmik xatarli hududda joylashgani xavotir uyg‘otmoqda. 2003 yilda sodir bo‘lgan so‘nggi zilzila taxminan 3 ming kishini hayotdan olib ketgandi.

Ma'lumot uchun, hozirda Jazoirda 30 mingga yaqin masjid mavjud.

 

Ko‘proq yangiliklar: