Marsga yuboriluvchi ko‘ngillilar tanlab olindi

Light 10:36 / 09.05.2016 29209

Mars One golland loyihasi Marsda birinchi inson mustamlakasi yaratish uchun ko‘ngillilar orasidan navbatdagi nomzodlarni tanlab oldi.

Qizil sayyoraga borish niyatini bildirgan bu ko‘ngillilarni ortga qaytib bo‘lmaydigan safar kutmoqda – ular 2026 yilda Marsga doimiy yashashga jo‘naydilar. Golland loyihasi aynan shunday istiqbolni taklif qilmoqda. 

Loyiha tashkilotchilari Marsdagi sharoitlar 1969 yilda fazogirlar Oyga qo‘ngandagidan xavfsizroq bo‘lishiga va'da berishmoqda. Shu bilan birga barcha istovchilar vegeterianga aylanishlari lozimligi, chunki sayyorada hayvonlar boqishning iloji yo‘qligidan ogohlantirildilar. Loyiha uchun 24 kishi zarur, biroq istovchilarning soni 200 mingdan ko‘proqni tashkil qildi. Va ularning barchasi Marsda umrbod qolishga tayyorlar, chunki insoniyat ularni Yerga qaytara oladigan texnologiyalarga ega emas.

"Men ayniqsa tanlovning birinchi bosqichidan o‘tgandan keyin bu haqda jiddiy o‘ylab ko‘rishimga to‘g‘ri keldi. Menda ortga qayta olmasligimni bila turib, bunga tayyormanmi, degan savol tug‘ildi. Men o‘ylab ko‘rdim va bunga tayyorligimni angladim", deb aytdi tanlovning ikkinchi bosqichidan o‘tgan Den Keri.

Taxminlarcha, Marsga birinchi turar-joy modullari 2024 yilda jo‘natiladi, 2 yildan keyin esa u yerga "marsliklarning" o‘zlari ham yuboriladi. Rossiyalik fazogirlar bu loyihaga shubha bilan qarashmoqda. Ularning fikricha, bu ekspeditsiya a'zolarining sayyorada 20 yil davomida yashab ketishga imkoniyatlari 1 foizdan kamroqni tashkil qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: