Iguain A Seriyaning 59 yillik rekordini yangiladi

Sport 09:49 / 09.05.2016 11199

«Napoli»ning argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguain Italiya chempionatining 37-turida «Torino»ga qarshi kechgan bahsda raqib darvozasiga birinchi golni urdi.

Shu tariqa, argentinalik hujumchining hisobidagi gollari soni 33taga yetdi (33ta o‘yinda). U 1958/59 yilgi mavsumdan buyon A Seriya bahslarida shunday natija qayd etgan ilk futbolchiga aylandi.

59 yil oldin «Inter»ning argentinalik legioneri Antonio Andjyellilo 33ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: