Filippinda prezidentlik saylovi kunida yuz bergan otishma tufayli 7 kishi halok bo‘ldi

Jahon 12:43 / 09.05.2016 6677

Filippinda prezidentlik saylovi, shuningdek vitse-prezident, senatorlar va 18 ming mahalliy amaldorlar uchun saylovlar bo‘lib o‘tmoqda.

Saylov kunida mamlakat poytaxti Manila shahri yaqinida avtomobil va 2ta mototsikldagi jinoyatchilar o‘t ochishi tufayli 7 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi jarohatlangan.

Saylov vaqtida tartibni saqlashga javobgar bo‘lgan mas'ul Jonatan del Rosarioning ma'lumotiga ko‘ra qurollangan shaxslar hujumi siyosiy ziddiyatlar markazlaridan biri hisoblanadigan Kavite viloyatida, saylov uchastkalari ochilishidan biroz oldinroq ro‘y bergan.

Rosarioning qo‘shimcha qilishicha, yil boshidan buyon kamida 15 kishi siyosiy qarama-qarshiliklar qurboniga aylangan.

Bugungi otishmaning aniq sababi keltirilmagan.

Ko‘proq yangiliklar: