Yevropa chempionatini o‘tkazib yuboradigan yana bir futbolchi nomi ma'lum bo‘ldi

Sport 09:39 / 09.05.2016 3805

«Manchester Siti» jamoasining sardori, belgiyalik himoyachi Vensan Kompaniga tibbiyotchilar tashxis qo‘yishdi. U belidagi jarohati tufayli 4 oy futbol o‘ynay olmaydi.

«Vensan 4 oy muddatga safadan chiqdi, u yanada kuchliroq bo‘lib qaytadi», – deya ma'lum qilgan Belgiya terma jamoasi fizioterapevti Liven Massxalk.

Kompanining o‘zi Yevro-2016 turniriga bora olmasligi haqida ma'lum bo‘lgan. Joriy mavsumda futbolchi bir necha marta jarohat oldi va APL doirasida faqat 14ta uchrashuvda ishtirok eta oldi.

Ko‘proq yangiliklar: