Angliya chempionati, 37-tur: "Manchester Siti" "Arsenal" bilan durang o‘ynadi, "Liverpul" "Uotford"ni yutdi

Sport 00:02 / 09.05.2016 8758

Angliya chempionatining 37-turidan o‘rin olgan oxirgi ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Turning markaziy uchrashuvida "Manchester Siti" o‘z maydonida "Arsenal" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi.  

"Shaharliklar" safida gollarni Serxio Aguero va Kevin De Bryuyne, kanonirlar safida esa Olive Jiru va Aleksis Sanches kiritdi.

"Arsenal" 68 ochko to‘plab, 3-o‘rinda qoldi. "Siti" esa 65 ochko to‘plab, 4-o‘rinni egallamoqda. 5-o‘rinda kelayotgan "Manchester Yunayted"da 63 ochko bor, biroq jamoada  bitta o‘yin zaxirada bor. 

Ikkinchi uchrashuvda "Liverpul" o‘z maydonida "Uotford"ni 2:0 hisobida yutdi. Gollarni Jo Allen va Roberto Firmino kiritdilar. "Liverpul" 58 ochko to‘plab, 8-o‘rinni, "Uotford" esa 44 ochko bilan 13-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi. 37-tur
Manchester Siti – Arsenal – 2:2
Gollar:
Aguero, 8 (1:0); Jiru, 10 (1:1); De Bryuyne, 51 (2:1); Sanches, 68 (2:2).

Liverpul – Uotford – 2:0
Gollar:
Allen, 35 (1:0); Firmino, 76 (2:0).

Ko‘proq yangiliklar: