Tramp prezident bo‘lsa boylarga solinadigan soliqni oshirmoqchi

Jahon 21:19 / 08.05.2016 17584

AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezident bo‘lib saylansa, avval aytgan dasturiga amal qilib, mamlakatning eng ta'minlangan qatlami uchun soliqlarni oshirmoqchi. Tramp bu haqda NBC telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

"Boylarga kelsak, ularga nisbatan soliqlar jiddiy oshirilishi kerak, deb hisoblayman", deb aytdi Tramp. Trampning ta'kidlashicha, u taklif qilayotgan islohot aholining o‘rta sinf deb ataluvchi vakillariga solinadigan soliq yuklamasini ancha kamaytiradi. 

Milliarderning aytishicha, uning bu rejasi AQSh kongressida muhokama qilinishi vaqtida o‘zgarishi mumkin. 

Tramp AQShda hozirda soatiga 7,25 dollar qilib o‘rnatilgan minimal ish haqining oshirilishini yoqlab chiqishini ta'kidlab o‘tdi. "Men bunday pulga qanday qilib yashab bo‘lish mumkinligini bilmayman", deb aytdi Tramp hamda minimal ish haqini oshirish masalasi alohida shtatlar darajasida hal qilinishi lozimligiga ishonchi komilligini aytdi.

Forbes jurnaliga ko‘ra, qurilish imperiyasiga ega milliarderning boyligi 4 mlrd dollaran ko‘proq deb baholanmoqda. Trampning o‘zi esa uning boyligi 10 mlrd dollardan ko‘proqni tashkil qilishini aytib keladi.

Ko‘proq yangiliklar: