Nadejda Savchenko Ukrainaga qayta olishi uchun Rossiyaga jarima to‘ladi

Jahon 23:01 / 08.05.2016 21041

Rossiyada sudlangan ukrainalik harbiy uchuvchi Nadejda Savchenko Rossiya sudi tomonidan unga chegarani noqonuniy kesib o‘tgani uchun solingan 30 ming rubllik jarimani to‘ladi. Bu haqda mahbusning onasi ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi. Savchenko onasining aytishicha, uning qiziga pullarni ukrainalik konsullar berishgan.

Ayolning aytishicha, uning qizini jarimani to‘lab berishga advokati Nikolay Polozov ko‘ndirgan. Advokat Savchenkoga "agar jarima to‘lanmasa, uning Ukrainaga ekstraditsiya qilinishi bo‘yicha hujjatlar haqiqiy deb topilmasligi haqida modda borligini tushuntirgach, Savchenko bunga rozi bo‘lgan".

Mart oyida Rostov viloyatining Donetsk shahar sudi Nadejda Savchenkoni Donbassda rossiyalik jurnalistlarning o‘limida aybdor deb topib, 22 yilga ozodlikdan mahrum qilgandi hamda Rossiya-Ukraina chegarasini noqonuniy kesib o‘tgani uchun 30 ming rubllik jarimaga tortgandi.

Ko‘proq yangiliklar: