Afg‘onistonda benzovoz va ikkita avtobus to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 kishiga yetdi

Jahon 23:39 / 08.05.2016 13580

8 mayda Afg‘onistonda benzin tashuvchi yuk mashinasi va ikkita yo‘lovchi avtobusi to‘qnashishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 kishiga yetdi. Bu haqda Afg‘oniston hukumati ma'lum qildi. 

Avvalroq 52 kishi halok bo‘lgani va 73 kishi shifoxonaga yetkazilgani ma'lum qilingandi.

Voqea G‘azni viloyatida, Kobul bilan Qandahor shahrini bog‘lovchi katta trassada yuz bergan. To‘qnashuvdan keyin barcha uchta transport vositasi yonib ketgan. 

Mahalliy hukumatning ma'lum qilishicha, avtobuslarda 120 dan ko‘proq odam bo‘lgan. Jarohatlanganlar orasida bolalar ham bor.

Ko‘proq yangiliklar: