Ko‘zi ojiz ayol yiqilishi sababli yana ko‘ra boshladi

Jamiyat 23:02 / 07.05.2016 13073

Oxirgi 12 yil davomida ko‘zi ojiz bo‘lib qolgan 70 yoshli amerikalik ayol Meri Enn Franko Janubiy Floridadagi o‘z uyida yiqilib ketgani sababli yana ko‘rishni boshladi, deb yozmoqda Sky News.

Bu yerda "Baxtsizlik bo‘lmaganda baxt bo‘lmasdi" degan ruscha maqoli yana bir karra o‘z isbotini topdi.

"Ertalablari men uyqudan turganimdan keyin, quyosh nurlarining daraxtlar orasidan o‘tayotganini ko‘rmoqdaman. Buni kuzatish juda hayajonlidir", deb aytmoqda ayol.

Ayol 1995 yilda yuz bergan avtofalokat oqibatida umurtqasidan jarohat olishi tufayli ko‘rish qobiliyatidan mahrum bo‘lib qolgandi. Ayol yiqilgandan so‘ng esa bo‘ynini shikastlab oldi hamda qo‘li va belidagi og‘riqni yengillashtirish uchun operatsiya qilindi. Operatsiyadan keyin ayolga ko‘rish qobiliyati qaytdi.  

"Men hech qachon bunday holatni ko‘rmagandim. Ehtimol, qo‘shimcha qon oqimi ko‘rish qobiliyatining tiklanishiga yordam bergan. Biroq bu nazariy jihatdan shunday", deb ta'kidlab o‘tdi ayolni operatsiya qilgan neyrojarroh Jon Afshar.

Nashrning ta'kidlashicha, ayol operatsiyadan keyin shuningdek falokatgacha aziyat chekkan daltoniklik (rang ajrata olmaslik) qusuridan ham forig‘ bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: