Hong Kong Airline samolyoti kuchli turbulentlikka tushishi oqibatida 17 kishi jarohat oldi

Jahon 07:34 / 07.05.2016 10196

Hong Kong Airline aviakompaniyasiga qarashli, Indoneziyaning Denpasar shahridan Gonkongga parvoz amalga oshirayotgan samolyoti kuchli turbulentlik sohasiga tushib qoldi. Indoneziya tabiiy fojialar oqibatlarini bartaraf etish milliy agentligi matbuot kotibi Sutopo Purvo Nugroxuning ma'lum qilishicha, noxush voqea oqibatida 17 kishi jarohat oldi.

"Samolyot Malayziyaning Borneo oroli ustida kuchli turbulentlikka tushib qoldi, u shundan keyin jo‘nash manzili – Bali oroli janubida joylashgan Denpasar shahriga qaytib bordi", deb ma'lum qildi Nugroxu.

Nugroxu tez tibbiy yordam xodimlari barcha jarohat olganlarni shifoxonalarga yetkazganini, ulardan 3 kishi jiddiy jarohatlar olganini qo‘shimcha qildi.

Samolyotda 204 yo‘lovchi va ekipajning 12 nafar a'zosi bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: