Angliya chempionati, 37-tur: Vardining dubli "Lester"ga navbatdagi g‘alabani keltirdi va turning qolgan natijalari

Sport 23:57 / 07.05.2016 14061

Angliya chempionatining 37-turida muddatdan avval chempionlikni qo‘lga kiritgan "Lester" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qildi va navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Uchrashuv 3:1 hisobida yakunlandi.

Uchrashuvda 1-golni 5-daqiqada chetlatishdan keyin yana safga qaytgan Jyeymi Vardi kiritdi. 33-daqiqada Endi King lesterliklarning ustunligini 2 to‘p farqiga keltirdi. Vardi 2-bo‘limda ikkinchi golini kiritdi. 88-daqiqada "Everton" yarimhimoyachisi Kevin Miralyas bitta javob to‘pini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Hisob yanada kattaroq bo‘lishi mumkin edi, biroq Vardi 72-daqiqada penaltini amalga oshira olmadi.

"Lester" joriy mavsumdagi o‘zining oxirgi uy o‘yinini o‘tkazdi. Klaudio Raneri jamoasi 80 ochko to‘pladi. "Everton" 44 ochko bilan 12-o‘rinda qoldi.
Turning bu qismida 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

"Sanderlend" "Chelsi"ni mag‘lub etdi (3:2). "Sanderlend" irodali g‘alabasi evaziga musobaqani tark etish zonasidan chiqib, 17-o‘ringa ko‘tarilib oldi (35 ochko).
"Nyukasl" esa aksincha, "Aston Villa" bilan durang natijadan keyin 18-o‘ringa tushib ketdi (34 ochko). "Sanderlend"da ikkita o‘yin, "Nyukasl"da esa bitta o‘yin zaxirada bor.

"Aston Villa" 11 ta mag‘lubiyatdan iborat seriyasiga barham berdi.

"Vest Xem" "Suonsi"ga yutqazdi (1:4) va 6-o‘rinda qoldi. Jamoada 4-o‘rinni egallash uchun hali nazariy imkoniyatlar bor: jamoa "Manchester Siti"dan 5 ochko, "MYu"dan 4 ochko ortda qolmoqda va barcha 3 klub yana ikkitadan o‘yin o‘tkazadi.

Shuningdek, "Bornmut" "Vest Bromvich" bilan durang o‘ynadi (1:1), "Kristal Pelas" "Stok Siti"ni mag‘lub etdi (2:1).

Angliya Premer-ligasi. 37-tur

Lester Siti – Everton – 3:1
Gollar:
Vardi, 5 (1:0); King, 33 (2:0); Vardi, 65 (3:0, pen); Miralyas, 88 (3:1).
Urilmagan penalti: Vardi, 72 (Lester)

Sanderlend – Chelsi – 3:2
Gollar:
Kosta, 14 (0:1); Xazri, 41 (1:1); Matich, 45+3 (1:2); Borini, 67 (2:2); Defo, 70 (3:2).
Chetlatish: Terri, 90+5 (Chelsi)

Vest Xem Yunayted – Suonsi Siti – 1:4
Gollar:
Rutlej, 25 (0:1); Ayyu, 31 (0:2); Yun, 51 (0:3); Kingsli, 68 (1:3, avtogol); Gomis, 90+3 (1:4).

Aston Villa – Nyukasl Yunayted – 0:0

Kristal Pelas – Stok Siti – 2:1
Gollar:
Adam, 26 (0:1); Geyl, 47 (1:1); Geyl, 68 (2:1).

Bornmut – Vest Bromvich Albion – 1:1
Gollar:
Rondon, 16 (0:1); Ritchi, 82 (1:1).

Ko‘proq yangiliklar: