Uzbek Tigers jamoasi WSB yarim finalining dastlabki bahsida Cuba Domadores’ga mag‘lub bo‘ldi

Sport 12:20 / 06.05.2016 49038

5 may kuni Kuba poytaxti Gavana shahrida joylashgan Coliseo Ciudad Deportiva sport majmuasida Butunjahon boks seriyasining (The World Series Boxing - WSB) VI mavsum yarim finalida birinchi kungi janglar o‘tkazildi.

Ushbu turnirda ilk marta ishtirok etayotgan O‘zbekistonning Uzbek Tigers jamoasi bokschilari Kubaning Cuba Domadores jamoasiga qarshi birinchi jangini o‘tkazdi.

Butunjahon boks seriyasi rasmiy saytining ma'lum qilishicha, Uzbek Tigers jamoasi dastlabki kunda bo‘lib o‘tgan barcha janglarda kubalik raqiblariga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Cuba Domadores — Uzbek Tigers 5:0

-49 kg: Joxanis Argilagos – Nodirjon Mirzahmedov 3:0 (50:43, 50:44, 50:44)

-56 kg: Robeysi Ramirez – Murodjon Ahmadaliyev 3:0 (49:46, 49:46, 48:47)

-64 kg: Luis Oliva Gener – Fazliddin G‘oibnazarov 3:0 (49:46, 49:46, 49:46)

-75 kg: Arlen Lopes – Ulug‘bek Haqberdiyev (kubalik boskchi 1-raundda texnik nokaut bilan zafar quchdi)

-91 kg: Erislandi Savon – Mirzabek Hasanov 3:0 (50:44, 50:43, 50:43)

Bugun, 6 may kuni Cuba Domadores va Uzbek Tigers jamoalari o‘rtasida ikkinchi yarim final bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda quyidagi bokschilar o‘zaro jang o‘tkazadi.

-52 kg: Yosbani Veytia – Abrorjon Qodirov

-60 kg: Lazaro Estrada Alvares – Elnur Abduraimov

-69 kg: Roniel Eglesias – Mahmud G‘oipov

-81 kg: Julio La Kruz – Shuhrat Abdullayev

+91 kg: Leniyer Pero Jastiz – Mirzohidjon Abdullayev

«Olamsport»ning ma'lum qilishicha, ikki kunlik janglar natijasiga ko‘ra hisob teng bo‘lib qolsa, unda g‘olib jamoani aniqlash uchun qo‘shimcha jang o‘tkaziladi. Unda -60 kilogramm vazn toifasida Ulug‘bek Do‘smurodov kubalik Armando Martinez Rabiga qarshi ringga ko‘tariladi.

Butunjahon boks seriyasining ikkinchi yarim finalida Qozog‘istonning Astana Arlans jamoasi Buyuk Britaniyaning British Lionhearts jamoasi bokschilariga qarshi bahs yuritadi.

Ko‘proq yangiliklar: