Unai Emeri: «Biz finalda ustunlik qilish uchun juda ko‘p ish qilishimiz kerak»

Sport 10:24 / 06.05.2016 4737

«Sevilya» jamoasi bosh murabbiyi Unai Emeri Yevropa Ligasining yarim finali javob uchrashuvida «Shaxtyor»ga kechgan va 3:1 hisobida g‘alaba qozonilgan o‘yindan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi (Ukrainadagi birinchi uchrashuv 2:2 hisobida yakunlangan va jamoa 2 uchrashuv natijasiga ko‘ra finalga yo‘l oldi).

«Bu o‘ta qiyin bahs bo‘ldi, raqib jiddiy edi. Biz ko‘proq ishtiyoq bilan o‘ynadik va ustunligimizni namoyish eta oldik. Birinchi o‘yindagi natija ham bizga qulaylik tug‘dirdi. Tanaffusdan keyin to‘pni to‘g‘ri nazorat qilishga o‘tdik. To‘pni nazorat qildik va gol o‘z-o‘zidan keldi.

Bu alohida hislar, bu baxtiyorlik kuni. Lekin biz olg‘a harakatlanishda davom etishimiz kerak. Finaldagi g‘oliblik evaziga keyingi mavsumda YeChLda ishtirok etishimiz mumkin.

Finalda favorit bo‘la olamizmi? Biz buning uchun juda ko‘p ish qilishimiz kerak», – deydi Emeri.

18 may kuni Bazel shahrida o‘tkaziladigan Yevropa Ligasi finalida «Sevilya» «Liverpul»ga qarshi o‘ynaydi.

Ko‘proq yangiliklar: