Microsoft Paint ilovasi qayta yangilanadi

Fan-texnika 18:50 / 06.05.2016 4486

Microsoft kompaniyasi Windows’ning eng eski hisoblangan Paint ilovasini keng ko‘lamda yangilashga tayyorlamoqda. Bu haqda MSpoweruser xabar berdi

WalkingCat nikli tvitter foydalanuvchisi Windows Store’da Newcastle ilovasini sezib qoladi. 

Uning aniqlashicha, ilova avval New Paint nomida bo‘lgan. Ma'lum bo‘lishicha, Paint an'anaviy ko‘rinishdan farqlanadi va Windows uchun universal ilova sifatida taqdim etiladi. 

Standart redaktorning qo‘shimcha funksiyalari bo‘lishi haqida ma'lumot yo‘q. Yangi Paint yozda -  keng miqyosli Anniversary Update yangilanishi bilan bir paytda namoyish etilishi kutilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: