Arsen Venger «Arsenal»ning mavsum oxiridagi maqsadi haqida ma'lum qildi

Sport 20:37 / 06.05.2016 4977

«Arsenal» jamoasi bosh murabbiyi Arsen Vengerning ma'lum qilishicha, «kanonirlar» mavsum oxirida hamshaharlari va ashaddiy raqiblari «Tottenhem»ni turnir jadvalida ortda qoldirishni maqsad qilgan.

«Oldimizda mavsumni turnir jadvalida «Tottenhem»dan yuqorida turish maqsadi turibdi. Chempionat hali yakunlanmagan. Keling ko‘ramiz, 2 turdan keyin nima bo‘larkan. «Tottenhem» mavsumni yaxshi o‘tkazdi. Lekin ular mavsum oxiriga kelib juda kuchli o‘yin namoyish eta olishmayapti. «Tottenhem» uchun mavsum og‘ir o‘tdi.

Agar «Tottenhem» mavsumni «Arsenal»dan yuqorida tugatsa, buni alohida hodisa sifatida qabul qilish mumkin. Bunaqasi keyingi 20 yilda 1 marta ro‘y bergan. Hozircha mavsum yakunlangani yo‘q. Agar «Tottenhem» buni uddalasa, bu ular uchun yaxshi natija bo‘ladi. Lekin biz bor kuchimiz bilan mavsumni ulardan yuqorida yakunlash uchun harakat qilamiz», – deydi fransiyalik murabbiy.

Ayni vaqtda turnir jadvalida «Tottenhem» 70 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan. Uchinchi o‘rindagi «Arsenal» hisobida esa 67 ochko mavjud. «Shporlar» keyingi 2 turni «Sauthempton» va «Nyukasl» jamoalariga qarshi o‘tkazadi. «Arsenal» esa keyingi turlarda «Manchester Siti» va «Aston Villa» bilan o‘ynaydi.

Ko‘proq yangiliklar: