Yaponiyada jazirama tufayli 180 kishi shifoxonaga yotqizilgan

Jahon 16:23 / 06.05.2016 7191

Yaponiyada 25 apreldan 1 maygacha bo‘lgan bir hafta muddat ichida issiq urishidan 181 kishi shifoxonaga yotqizilgan, 1 kishi hayotdan ko‘z yumgan. 6 may kuni mamlakat o‘t o‘chirish xizmati boshqarmasi shu haqdagi statistik ma'lumotlarni oshkor qilgan. Yaponiyadagi qonunga ko‘ra, tez tibbiy yordam xizmati ham o‘t o‘chirish boshqarmasi tarkibiga kiradi.

Mazkur ma'lumot joriy yildagi issiq havo harorati oqibatlariga oid birinchi xabardir. Yaponiya o‘t o‘chirish boshqarmasi jaziramadan aziyat chekkanlarga oid ilk raqamlar paydo bo‘lganidan boshlab, o‘lim hollari va shifoxonaga yotqizilganlar to‘g‘risida hisobot bera boshlaydi. Endilikda 6 maydan boshlab har hafta juma kuni boshqarma saytida ayni holatga oid axborotlar yangilanib turiladi.

Hozirda 6 nafar jabrlanganlarning ahvoli og‘ir, deb hisoblanmoqda. Ular 3 hafta mobaynida davolanishlari lozim. Issiq urganlarning yarmidan ko‘pi 65 yoshdan katta kishilardir.

Ko‘proq yangiliklar: