«Real» YeChLda quruq o‘yinlar o‘tkazish bo‘yicha «Arsenal» rekordini takrorladi

Sport 12:45 / 05.05.2016 4932

YeChLning yarim finalidagi javob uchrashuvida «Manchester Siti» jamoasini 1:0 hisobida yenggan «Real» jamoasining turnirning joriy mavsumida gol o‘tkazib yuborilmagan o‘yinlari soni 10taga yetdi.

Jamoa joriy mavsumdagi 12ta o‘yindan faqat 2tasida o‘z darvozasidan gol qo‘yib yubordi ("Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda 4:3, "Volfsburg"ga qarshi safarda 0:2).

Shu tariqa, qirollik klubi 2005-2006 yilgi mavsumda «Arsenala» jamoasi tomonidan qayd etilgan rekordni takrorladi.

Bu mavsumda gol o‘tkazilmagan 10ta o‘yindan 9tasida jamoa darvozasini Keylor Navas qo‘riqlagan. Guruh bosqichidagi natijasi ahamiyatsiz bo‘lgan oxirgi o‘yinda esa zaxira darvozaboni Kiko Kasilya maydonga tushirilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: