Olimlar: Moddalarning tez almashinuvi inson miyasi hajmining kattalashishiga olib keldi

Jamiyat 17:31 / 05.05.2016 28289

Bir guruh amerikalik antropologlarning ma'lum qilishicha, maymunlarga nisbatan tezroq moddalar almashinuvi inson miyasining kengayishi bilan bog‘liq. Bu haqidagi maqola Nature jurnalida chop etildi.

Tadqiqot doirasida olimlar inson va odamsifat maymunlar organizmining jami energiya sarfini hisoblab chiqishdi. Jami energiya xotirjam holat va jismoniy faol paytdagi kaloriyalarni o‘zida mujassam etgan. Tadqiqot 7 - 0 kun davomida o‘tkazildi. Unda 27ta shimpanze, 8ta bonobo, 10ta gorilla, 11ta orangutang va 141 kishi ishtirok etishdi. Olimlar tana hajmini inobatga olib, odamlarning shimpanze va bonoboga qaraganda 400, gorilladan 635 va orangutangga nisbatan 820 kaloriya ko‘proq iste'mol qilishini aniqlashdi. Izlanish natijalari evolyutsiya jarayonida insondagi moddalarning tez almashinuvi miyaning kengayishiga asos bo‘lishi haqidagi gipotezani tasdiqlaydi. 

Bundan tashqari, moddalar almashinuvining tezkorligi ko‘proq nasl qoldirish va uzoqroq umr ko‘rish imkonini berdi.

Shuningdek, olimlarning ta'kidlashicha, inson organizmida yog‘ foizi yuqori bo‘lib, ular tezkor almashinuv uchun energiya zaxirasi bilan ta'minlaydi. Tadqiqot natijalari yog‘ foizlarining insonlarda ancha yuqoriligini ko‘rsatdi, erkaklarda bu ko‘rsatkich 22,9 foizni tashkil qilsa, ayollarda - 41,7 foizga teng.

Olimlar aynan yog‘ zaxiralari yordamida energiya to‘plash imkoniyati inson miyasi va aqliy salohiyatining rivojlanishiga olib kelgan degan xulosaga bildirishdi.

Ko‘proq yangiliklar: