«Lester» yetakchilaridan biri 25 mln yevro evaziga «Arsenal»ga o‘tadi 

Sport 16:28 / 05.05.2016 9840

Londonning «Arsenal» jamoasi «Lester» yetakchilaridan biri N'Golo Kantening agenti bilan uni o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida faol ravishda muzokaralar o‘tkazmoqda. RMC Sport xabariga ko‘ra, londonliklar jamoasi futbolchining shartnomasida belgilangan 25 mln yevro miqdoridagi mablag‘ni to‘lashga tayyor.

«Kanonirlar» bosh murabbiyi Arsen Venger yozgi transferlar vaqtida yarim himoya chizig‘ini mustahkamlamoqchi va Kante uning transferlar vaqtidagi asosiy maqsadi bo‘ladi. Londonliklar hozircha «Lester» rahbariyatiga bu bo‘yicha aniq taklif yubormagan va avvaliga futbolchi bilan o‘zaro kelishuvga erishib olmoqchi. Ayni vaqtda «Arsenal» va N'Goloning agenti o‘rtasida shartnoma shartlari bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.

Bundan oldinroq, tayanch yarim himoyachisi ampluasida harakatlanuvchi Kantega «Chelsi» va «Manchester Siti» jamoalaridan qiziqishlar mavjudligi borasida xabarlar tarqalgandi. 

Joriy mavsumda 25 yoshli fransiyalik futbolchi Kante jamoasi bilan Premer-liganing 35 uchrashuvida maydonga tushdi va bir gol urib 4ta golli pas muallifi bo‘ldi.

«Arsenal» Mahrez va Kanteni kashf qilgan «Lester» skautini o‘z safiga qo‘shib oldi

«MYu» «Lester» bilan Kantening transferi bo‘yicha muzokara o‘tkazadi

«PSJ» sport direktori «Lester» futbolchisi Kante bilan transfer masalasi bo‘yicha gaplashib oldi

«Real» dekabr oyida Kanteni yetarlicha mashhur emasligi uchun sotib olishga rozi bo‘lmagan

Gari Lineker: «Agar Yer shariga qachondir asteroid xavf solsa, Kante uni to‘xtatib qoladi»

Ko‘proq yangiliklar: