FIFAning yangi reytingida O‘zbekiston 66-o‘rinda qoldi

Sport 14:14 / 05.05.2016 28269

Bugun, 5 may kuni FIFA terma jamoalarning navbatdagi reyting jadvalini e'lon qildi. Avvalgi va bu galgi reytinglar oralig‘ida terma jamoalar rasmiy va o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazmagani bois, jadvalda deyarli o‘zgarish bo‘lmagan.

Jumladan, O‘zbekiston terma jamoasi hamon 66-o‘rinni band etib turibdi. Terma jamoa hisobidagi ochkolar soni ham o‘zgarmagan — 549 ball. Jamoa hamon Osiyoning oltinchi jamoasi bo‘lib turibdi. 

Osiyo jamoalari orasida Janubiy Koreya termasi 2 pog‘ona ko‘tarildi va 54-o‘rinni band etdi. JCh-2018 saralashining 3-bosqichida O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan boshqa terma jamoalar quyidagi o‘rinlarni band etib turibdi: Eron — 42-o‘rin (o‘zgarmagan), Xitoy — 81, Qatar — 83, Suriya — 110.

Reytingning yuqori qismida ham o‘zgarish yo‘q. Argentina jahonning birinchi raqamli terma jamoasi bo‘lib turgan bo‘lsa, Belgiya va Chili ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni band etgan. Keyingi pog‘onalarni Kolumbiya, Germaniya, Ispaniya, Braziliya, Portugaliya, Urugvay, Angliya terma jamoalari egallab turibdi. 

Reyting jadvalining to‘liq ko‘rinishi bilan FIFA rasmiy saytida tanishish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: