BAAda Qur'oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda

Jahon 14:18 / 05.05.2016 19729

Shu yilning 2-8 may kunlari Birlashgan Arab amirliklarining Sharja shahridagi “Qosimiya” universiteti 2-davra Qur'oni karim musobaqasini tashkillashtirdi. 

Musobaqada BAAdagi 22 ta universitet talabalaridan iborat 300 nafardan ortiq qorilar va qoriyalar ishtirok etmoqda va musobaqa quyidagi 4 yo‘nalishda o‘tkazilmoqda: 

1. Qur'oni karimni 30 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 

2. Qur'oni karimning 20 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 

3. Qur'oni karimning 10 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 

4. Qur'oni karimning 5 porasini tajvid qoidasi bilan to‘liq yoddan o‘qish; 

5. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) ning 40 hadisi sharifini yoddan aytib berish;

Mazkur yo‘nalishlari bo‘yicha g‘oliblar maqtov yorlig‘i va pul mukofoti-bilan-taqdirlanadi. 

Manba: muslim.uz

Ko‘proq yangiliklar: