Zidan: "Realning finalga chiqa olmasligi halokat bo‘ladi"

Sport 00:39 / 04.05.2016 33223

Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidan Chempionlar Ligasi yarimfinalining "Manchester Siti"ga javob uchrashuvidan kutayotgan natijalar haqida o‘rtoqlashdi.

"Agar biz finalga bormasak, bu halokat bo‘ladi. Jamoa yaxshi ko‘rinishda va biz finalga chiqish uchun barcha imkoni bor narsani qilamiz, biroq bu qiyin bo‘ladi. Hattoki birinchi o‘yindagidan ham qiyin bo‘ladi, chunki hammasi bu gal hal bo‘ladi.

Biz barcha savollarni "Volfsburg" bilan bo‘lgani kabi 15 daqiqada hal qilamiz deb o‘ylamayapmiz. Biz butun 90 daqiqa va hattoki undan ko‘proq vaqt davomida ishlashimiz kerak bo‘ladi.

Jamoa og‘ir o‘yinga tayyor bo‘lishi kerak. Yaxshi futbol ko‘rsatishga, bosim o‘tkazishga va haqiqiy yarimfinal uchrashuviga xos sur'atda o‘ynashga harakat qilamiz.

Men Agueroni hurmat qilaman, u "Siti"ning eng muhim o‘yinchisi, biroq biz uni tutib turish uchun alohida harakatlar amalga oshirmaymiz. Bizga mehmonga juda yaxshi jamoa kelmoqda, biroq biz finalga chiqishga urinib ko‘ramiz", deb aytdi "Real" bosh murabbiyi.

Eslatib, o‘tamiz ikki jamoa o‘rtasidagi uchrashuv 4 mayda Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.

Ko‘proq yangiliklar: