“Toshkent bahori – 2016” an'anaviy shaxmat reyting musobaqasi boshlandi

Sport 19:19 / 04.05.2016 5195

Toshkentdagi “Toshkent bahori – 2016” an'anaviy reyting musobaqasi boshlandi. Unda yuzga yaqin shaxmatchi ikki guruhda bahslashmoqda. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

“A” guruhidagi birinchi tur bahslarida Anton Beliy Yuliya Xegayni, Sardor Mamarajabov Aleksandr Agishevni, Normamat Toshbulov Viktor Ilyushinni mag‘lubiyatga uchratdi. Shuningdek, ushbu guruhda yana yetti shaxmatchi dastlabki g‘alabasini nishonladi.

“V” guruhida Hidoyatullo Muhammedov Abrorbek Abdujabborovni, Zarnigor Abdulatipova Shahzod Ne'matovni, Samandar Olimov Tohirjon Akbarjonovni yengdi. Ushbu guruhda yana o‘ttiz bir shaxmatchi bir ochkodan qo‘lga kiritgan bo‘lsa, ikki shaxmatchi o‘zaro durang o‘ynab, 0,5 ochkoga ega bo‘ldi.

Musobaqa davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: