Rossiya HHKning Suriyadagi barcha Su-25 samolyotlari olib chiqib ketildi

Jahon 18:18 / 04.05.2016 26123

Rossiya Mudofaa vazirligi ma'lum qilishicha, Suriya hududidan mamlakat harbiy havo kuchlariga tegishli barcha Su-25 rusumli samolyotlar olib chiqib ketilgan. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati rahbari, general-mayor Igor Konashenkovga asoslanib RIA Novosti xabar tarqatgan.

"Biz Xmeymim aviabazasidan samolyotlarni olib ketish marosimini o‘tkazdik. Bugun bombardimonchi samolyotlar, shturmoviklar hamda Su-25 samolyotlari ortga qaytarildi. Endi Suriyada Su-25 samolyoti qolmadi", degan u.

Uning aniqlik kiritishicha, bu safar aviabazadan 30dan ortiq uchish qurilmasi hamda kattagina shaxsiy tarkib olib ketilgan.

Ko‘proq yangiliklar: