Xitoy kompaniyasi 2,5 ming ishchisini Ispaniyaga olib boradi

Jamiyat 20:18 / 04.05.2016 8300

Xitoyning Tiens Group korporatsiyasi o‘z xodimlariga Ispaniyada jamoaviy sayohat uyushtirdi. 2,5 ming nafar ishchi Madrid va Barselonada bir hafta dam oladi. Bu haqda EuroWeekly xabar bermoqda.

Tiens Group xodimlari Madridga 4 may kuni 20ta reysda yetib keladi. Ular Ispaniya poytaxtida 8 mayga qadar bo‘ladi, keyin ikki kunga Barselonga yo‘l oladi. 

Xitoydan tashrif buyuruvchilar uchun mehmonxonalarda 1650ta nomer band etilgan. Sayohatchilarga 70ta avtobus xizmat ko‘rsatadi. Bundan tashqari, Madrid va Barselona o‘rtasida harakatlanish uchun kompaniya to‘rtta AVA tezyurar poyezdlarini ijaraga oldi.

Firma ushbu dam olish sayohatini tashkil etish uchun yetti million yevrodan ortiq mablag‘ sarf etdi. 

Tiens Group 2015 mayda ham o‘z xodimlari uchun xorijda to‘rt kunlik korporativ uyushtirgan. O‘shanda korporatsiya xodimlaridan 6,4 ming nafari Fransiyada dam olgan. Ular Lazur qirg‘oqlariga 84ta samolyotda yetib olgan hamda Kann va Monako orasidagi 79ta mehmonxonaga joylashgandi. 

Tiens Group 1995 yili Xitoyda tashkil etilgan. Kompaniya bio faol qo‘shimchalar va massajyorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

Ko‘proq yangiliklar: