Fransiya Asadni Halabdagi yarashuvni buzganlikda ayblamoqda

Jahon 21:00 / 04.05.2016 7054

Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Ero Suriya prezidenti Bashar Asad hukumati Halab viloyatida o‘t ochishni to‘xtatish tartibining buzilishi uchun to‘liq javobgar ekanligini aytdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi

Ero bu haqda Berlinda Suriya inqirozi bo‘yicha muzokaralar vaqtida aytdi.

"Halabda yuz berayotgan holat zudlik bilan javob berishni talab qiladigan fojiadir. Bu ko‘plab qurbonlar bo‘layotgan qo‘rqinchli kulfat. Damashq hukumati yarashuv tartibining buzilishi, ayollar, bolalar va shifokorlarning o‘limi, shifoxonaga hujum qilish uchun to‘liq javobgardir", deb ta'kidlab o‘tdi Ero.

Eron, shuningdek, Suriya inqirozi bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etayotgan 10 ta davlatni Fransiyada uchrashuv o‘tkazishga chaqirdi va "Halabda o‘t ochishni to‘xtatish tartibini o‘rnatishga qaytish uchun barcha imkoni bor narsani qilish zarurligini" aytdi.

Avvalroq Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Bashar Asad Turkiya AQShning ittifoqdoshi bo‘lgandek ma'noda Rossiyaning ittifoqdoshi emasligini aytgandi.

Ko‘proq yangiliklar: