Anonymous xakerlari butun dunyo bo‘ylab markaziy banklarni buzib kirish bilan tahdid qilmoqda

Fan-texnika 20:51 / 04.05.2016 20817

Anonymous xakerlik guruhi Gretsiya markaziy bankiga hujum uyushtirdi. Bu haqda bankning xodimiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda

"Hujum bir necha daqiqa davom etdi va bankning xavfsizlik tizimi yordamida muvaffaqiyatli qaytarildi. Hujum oqibatida zararlangan yagona narsa – ma'lum muddat ishdan chiqqan saytimiz bo‘ldi", deb aytdi noma'lum bo‘lib qolishni istagan xodim.

Xakerlar, shuningdek, qisqa vaqt davomida bankning ishini falajlay olishganini ma'lum qilishgan videomurojaatni chop etishdi. Bundan tashqari, xakerlar butun dunyo bo‘ylab markaziy banklarni buzib kirish bo‘yicha 30 kunlik kampaniyani boshlashganini ma'lum qilganlar.

Avvalroq Anonymous’ning Filippindagi Anonymous Philippines bo‘limi Filippin saylov komissiyasi saytini buzib kirib, tahdidlar qilgan xabarlar qoldirgandi.

Ko‘proq yangiliklar: