Shimoliy Koreya o‘z chegaralari yaqinida AQShning manyovrlariga javoban yadroviy salohiyatini oshirmoqchi

Jahon 00:42 / 03.05.2016 21397

Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirligi mamlakat chegaralari yaqinida AQShning manyovrlarini dushmanlarga xos harakat hisoblanishini aytdi va bunga javoban yadroviy salohiyatini mustahkamlashga va'da berdi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Biz strategiyamizga og‘ishmasdan amal qilamiz: dushman kuchlarining tajovuzkor urushiga adolatli urush bilan, yadroviy tahdidlarga esa yadroviy kuchlarimizni mustahkamlash bilan javob beramiz. Dushmanlar harbiy manyovr o‘tkazgan har gal bizning yadroviy zarba berish imkoniyatlarimiz shiddat bilan mustahkamlanib boradi", deyilmoqda bayonotda.

Avvalroq BMT Xavfsizlik kengashi Shimoliy Koreyaning raketalar uchirishi bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishi ma'lum bo‘lgandi.

Ko‘proq yangiliklar: