«PSJ» mavsum oralig‘ida yangi futbolchilar sotib olish uchun 250-300 mln yevro ajratmoqchi

Sport 19:19 / 03.05.2016 4356

Fransiyaning «PSJ» klubi yozgi transferlar paytida yangi futbolchilar sotib olish uchun 250-300 million yevro atrofida mablag‘ ishlatishni rejalashtirmoqda.

Parij klubi nafaqat jamoani tark etadigan futbolchilar o‘rnini to‘ldirishni, balki tarkibni yanada kuchaytirishni istamoqda, deya xabar beradi Sports.fr internet-nashri France Football manbasiga tayanib.

Qayd etib o‘tish joiz, o‘tgan yil yozda «PSJ» transferlar uchun 116 million yevro sarflagan va Leven Kurzava, Anxel Di Mariya, Kevin Trapp hamda Benjamen Stambulini sotib olgandi.

Bundan oldinroq, jamoa «Lester» futbolchisi Kante bilan uning transferi borasida kelishib olgani haqida xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: