Messidan futbolka olgan afg‘on bolasi oilasi toliblar tahdidi tufayli o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi

Sport 23:27 / 03.05.2016 35953

Ispaniyaning "Barselona" futbol klubi hujumchisi Lionel Messidan uning dastxati tushirilgan futbolka olgan afg‘on bolasi oilasi toliblar tahdidi tufayli Pokistonga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda bolaning otasi Muhammad Alif Ahmadiy AR agentligiga ma'lum qildi

5 yoshli Murtazo Ahmadiy orqa tomonida Messi yozuvi va 10 raqami bo‘lgan oq-ko‘k chiziqli sellofan paket kiyib olgan holda suratga tushgandan keyin Messidan sovg‘aga futbolka olgandi. Shundan keyin bolaning oilasiga toliblardan tahdidlar tusha boshlagan. 

"Toliblar maktubda mening o‘g‘lim nima uchun islom maktabida Qur'on o‘rganmasligi, biroq men unga futbol o‘ynashga ruxsat berishim haqida so‘rashgan. Shundan keyin men mol-mulkimni sotib, oilamni Afg‘onistondan Kvetta (Pokiston)  shahriga ko‘chirib o‘tkazdim", deb aytmoqda katta Ahmadiy.

Muhammad Ahmadiy toliblar uning o‘g‘lini o‘g‘irlab ketib, unga tovon puli talab qilishlaridan xavfsiramoqda.

Toliblar 1996 yildan 2001 yilgacha Afg‘onistonda ba'zi sport turlarini (erkaklar futboli bundan mustasno) taqiqlashgan va Kobuldagi G‘ozi stadionini omma oldida qatllar o‘tkazish joyiga aylantirishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: