Xitoy jahon savdosi qoidalarini AQSh o‘rnatmasligini ma'lum qildi

Jahon 16:22 / 03.05.2016 50655

Xalqaro savdo qoidalari bitta davlat tomonidan bosim ostida emas, balki barcha mamlakatlar tomonidan xabardorlik asosida o‘rnatilishi lozim. Bu haqda AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonotiga javoban Xitoy Xalq Respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xun Ley ma'lum qilgan.

Washington Post gazetasida chop etilgan maqolada Obama Trans-Tinchokeani hamkorligi bo‘yicha iqtisodiy kelishuv imzolanishi AQShga jahon savdosi qoidalarini belgilashiga zamin yaratishi, boshqa mamlakatlar ushbu qoidalarga amal qilishini bildirgan edi. Prezident “Savdo qoidalarini Xitoy kabi davlatlar emas, AQSh yozishi kerak”ligini ma'lum qilgan.

“AQSh bundan bayonotlar masalasida juda talabchan, biroq, ular uzoq muddatli istiqbollarni inobatga olmayapti, deb qo‘rqaman”, - qo‘shimcha qildi Xun Ley. 

Unga ko‘ra, Xitoy TTH uchun ochiq, chunki TTH va (Obama o‘z maqolasida tanqid qilgan) Mintaqaviy har tomonlama iqtisodiy hamkorlik Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo zonasini yaratish jarayonida bir-birini to‘ldirishi mumkin. 

AQSh prezidenti TTH bo‘yicha kelishuvga erishilgani to‘g‘risida 2015 yilning oktabrida ma'lum qilgan. Ushbu hamkorlik Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi aholisi taxminan 1 milliard odamdan iborat bo‘lgan 12 mamlkatni qamrab oladi. 2016 yil fevralda 12 davlat savdo vazirlari TTH bo‘yicha kelishuvni imzoladi. Uning doirasida Osiyo-Tinch okeani mintaqasida erkin savdo zonasi tashkil etiladi. 

Xitoy TTHning a'zosi hisoblanmaydi. Ko‘plab ekspertlar bu kelishuv Xitoyning savdo manfaatlariga zarar keltirishini bildirgan.

Ko‘proq yangiliklar: